TypeScript va React bo'yicha test savollari
1. Quyidagi TypeScript kodida qaysi qatorda xatolik bor?
let username: string = "Samar";
username = 25; // 1-qator
let age: number | string = 20; // 2-qator
age = "yigirma"; // 3-qator
- A) 1-qatorda, chunki
string tipidagi o'zgaruvchiga number qiymat berilgan. - B) 2-qatorda, chunki union (
|) ichida ikki xil tip kelishi mumkin emas. - C) 3-qatorda, chunki
age boshida son edi, keyin matnga o'zgardi.
2. Agar interface ichidagi maydon faqat bir marta (obyekt yaratilayotganda) yozilib, keyin umuman o'zgartirilmasligi kerak bo'lsa, qaysi kalit so'z ishlatiladi?
- A)
static - B)
readonly - C)
const
3. Quyidagi ikki interfeys e'lon qilingandan so'ng, User obyektida qaysi maydonlar bo'lishi majburiy?
interface User { id: number; }
interface User { name: string; }
- A) Faqat
name - B) Faqat
id - C) Ham
id, ham name majburiy (Declaration Merging tufayli)
4. unknown tipidagi o'zgaruvchini string tipidagi o'zgaruvchiga xavfsiz tenglash uchun nima qilish kerak?
- A) Hech narsa, ular avtomatik mos keladi.
- B)
if (typeof ... === "string") orqali oldindan tipini tekshirish shart. - C)
unknown tipini umuman boshqa o'zgaruvchiga tenglab bo'lmaydi.
5. Quyidagi funksiya qat'iy tiplash qoidasiga ko'ra nima uchun xato hisoblanadi?
function logStatus(): void {
return "Tizim tayyor";
}
- A) Funksiya nomi kichik harf bilan boshlangani uchun.
- B)
void tipi berilgan funksiya ichida qiymat qaytaruvchi (return) ishlatilgan. - C) Funksiya ichida
console.log ishlatilmagani uchun.
6. React-da quyidagi kod nima uchun ishlamaydi va sahifa xato beradi?
function infoCard() {
return
Ma'lumotlar
;
}- A)
div tegi ichida matn yozilgani uchun. - B) Komponent nomi (
infoCard) kichik harf bilan boshlangani uchun. - C) Funksiya hech qanday props qabul qilmagani uchun.
7. Ota komponentdan bola komponentga uzatilgan Props ma'lumotlarini bola komponent ichida o'zgartirsa bo'ladimi?
- A) Ha, xohlagancha o'zgartirish mumkin.
- B) Yo'q,
Props faqat o'qish uchun (Read-Only), uni o'zgartirish taqiqlangan. - C) Faqat funksiya tipida bo'lsa o'zgartirsa bo'ladi.
8. Quyidagi kodda tugma bosilganda konsolga nima chiqadi?
const [score, setScore] = useState(0);
const handleClick = () => {
setScore(score + 1);
console.log(score);
};
- A)
1 (chunki state o'sha zahoti o'zgaradi) - B)
0 (chunki useState asinxron ishlaydi va qiymat faqat keyingi renderda yangilanadi) - C) Hech narsa chiqmaydi, xato beradi.
9. React Hooklari (useState, useEffect) bo'yicha qaysi qoida TO'G'RI?
- A) Ularni shartlar (
if) yoki sikllar (for) ichida ishlatish mutlaqo taqiqlangan. - B) Ularni faqat
if shartining ichida ishlatish kerak. - C) Hooklarni komponentdan tashqarida, eng tepada e'lon qilish shart.
10. JSX ichida HTML-dagi class atributi o'rniga nima ishlatiladi va nega?
- A)
style, chunki u CSS-ni tezroq yuklaydi. - B)
className, chunki JavaScript-da class maxsus kalit so'z hisoblanadi. - C)
id, chunki u har doim noyob bo'ladi.
11. React Fragment (<> </>) nima uchun ishlatiladi?
- A) Sahifaga qo'shimcha animatsiyalar qo'shish uchun.
- B) DOMda ortiqcha
<div> teglari hosil qilmasdan, bir nechta elementni bitta ota teg ichiga birlashtirish uchun. - C) State qiymatini tezroq yangilash uchun.
12. Quyidagi useEffect qachon ishga tushadi?
useEffect(() => {
console.log("Effekt ishladi");
}); // Diqqat: oxirida to'rtburchak qavs [] UMUMAN yo'q!
- A) Faqat sahifa birinchi marta yuklanganda.
- B) Faqat komponent ekrandan o'chib ketayotganda.
- C) Sahifa birinchi marta yuklanganda HAMDA komponent ichidagi har qanday
state o'zgarganda (har bir renderda).
13. React-da Input elementining qiymati to'liq state orqali boshqarilsa, bunday komponent nima deyiladi?
- A) Controlled Component (Boshqariladigan komponent).
- B) Uncontrolled Component (Boshqarilmaydigan komponent).
- C) Stateless Component.
14. Massiv elementlarini ekranga chiqarishda nima uchun key={index} ishlatish har doim ham tavsiya etilmaydi?
- A) Chunki massiv elementlari o'chirilsa yoki o'rni o'zgarsa, index chalkashib xatoliklarga olib keladi (eng yaxshisi noyob
id ishlatish). - B) Chunki
index ishlatilganda sahifa ranglari o'zgarib ketadi. - C)
index faqat son bo'lgani uchun React uni o'qiy olmaydi.
15. Quyidagi TypeScript kodida qaysi qatorda xatolik bor?
interface Product {
id: number;
title: string;
}
const list: Product[] = [
{ id: 1, title: "Telefon" },
{ id: 2, title: "Noutbuk", price: 1000 } // 1-qator
];
- A)
Product[] deb massivni tiplab bo'lmaydi. - B) 1-qatorda, chunki
Product interfeysida e'lon qilinmagan ortiqcha price maydoni kiritilgan. - C) Xato yo'q, hamma narsa to'g'ri.
16. useEffect ichidan funksiya qaytarilishi (return () => {}) nima deb ataladi va vazifasi nima?
- A) Render funksiyasi, sahifani qayta chizadi.
- B) Cleanup (tozalash) funksiyasi, komponent o'chayotganda taymerlar yoki xotirani tozalaydi.
- C) Initial funksiya, stateni boshlang'ich qiymatga qaytaradi.
17. Quyidagi TypeScript kodida result o'zgaruvchisining tipi avtomatik ravishda nima bo'ladi?
function multiply(a: number, b: number) {
return a * b;
}
const result = multiply(5, 10);
- A)
string - B)
void - C)
number
18. React-da useRef hookining useStatedan asosiy farqi nimada?
- A)
useRef ichidagi qiymat o'zgarganda komponent qayta chizilmaydi (re-render bo'lmaydi). - B)
useRef faqat matnlar bilan ishlaydi. - C) Hech qanday farqi yo'q, ikkisi bir xil.
19. TypeScript-da barcha tiplarni qabul qiladigan, lekin uni boshqa o'zgaruvchiga berishdan oldin majburiy tekshirishni talab qiladigan xavfsiz tip qaysi?
20. Quyidagi kod bajarilganda sahifada nima ko'rinadi?
function App() {
const isOnline = false;
return
{isOnline ? "Tarmoqda" : "Tarmoqda emas"}
;
}- A) "Tarmoqda"
- B) "Tarmoqda emas"
- C) Hech narsa chiqmaydi, xato beradi.