SMART Goal Setting: How to Create Clear, Achievable Objectives
Classified in Latin
Written on in
English with a size of 3.84 KB
KAZUS
S – (Specific – “aniq”)
Oldinga qo‘yilgan maqsad aniq bo‘lishi (inson sezgi a’zolari yordamida his qilishi) kerak.
M – (Measurable – “o‘lchovga egalik”)
Oldinga qo‘yilgan maqsad ma’lum o‘lchovga ega bo‘lishi, uning o‘lchov-mezoni aniq bo‘lishi lozim.
A – (Attainable – “erishsa bo‘ladigan”)
Oldinga qo‘yilgan maqsad insonning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilishi lozim. Unga erishish uchun, avvalo, inson o‘zining ustun jihatlarini anglab etishi shart.
R – (Relevant or Realistic – “hayotiy”)
Oldinga qo‘yilgan maqsad hayotga yaqin bo‘lishi, fantastik yoki aql bovar qilmas orzular o‘zgartirilib, real hayotga yaqinlashtirilishi lozim.
T – (Timely – “vaqt bilan o‘lchanadigan”)
Oldinga qo‘yilgan maqsad aniq vaqt birligi bilan o‘lchanishi hamda ma’lum vaqt ichida tegishli natijalar bilan asosiy maqsadga erishish yo‘lidan borish kerak. (Kichik maqsadlarga erishish orqali asosiy maqsad tomon borish)
E – (Ethical – “axloqiy”)
Oldinga qo‘yilgan har qanday maqsad odobaxloq, diniy hamda boshqa bunyodkorlik g‘oyalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
R – (Reasonable – “oqilona”)
Oldinga qo‘yilgan maqsad oqilona bo‘lishi, boshqa shaxslarga ham foydasi tegishi kerakligini, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholashni ham chetda qoldirmaslik lozim. Eng muhimi, bu mezon bilan shaxs o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi tomon qat’iy iroda va vijdon bilan (o‘z irodasini ishga solgan holda) harakatlanishini anglatadi.
Savol
Bunday bo‘lmasligi uchun slaydga iloji boricha kam matn qo‘yish kerak. Esda tuting, slaydlarni tayyorlashdan maqsad spikerga matnni eslatish emas, sizni auditoriyaga gapirayotgan gaplaringizni ma’nosini kuchaytirish. Bitta slayd – bitta g‘oya. Bunday slaydni o‘qish ham, eslab qolish ham oson. Omma oldidagi nutqda bunday slayd auditoriyaning e’tiborini jalb qiladi.
Ma’lumot qismlarga bo‘linadi. Bunda ro‘yxatdan foydalaniladi.
Informatsiya chiroyli ko‘rinishi va esda qolishi uchun matnni sxemaga aylantirish kerak.
Slaydda matn qancha bo‘lgani ma’qul? 3 soniyada ko‘z qancha matn o‘qiy olsa, shuncha. Aks holda, tinglovchilar spikerni eshitish o‘rniga slaydlarni o‘qiy boshlashadi. Agar ma’lumot ro‘yxat shaklida beriladigan bo‘lsa, ro‘yxat 7 qatordan oshmasligi lozim.
Savol
Muzokaralar olib borish uslublari. Muzokaralar, agar ular xalqaro miqyosda kechayotgan bo‘lsa, tomonlarning darajasi va mentalitetini ham oshkor qilib turadi. Masalan, hozirda amerikaliklar bilan muzokaralar quyidagi uch omilga bog‘liq bo‘lib qolmoqda: moddiy, mafkuraviy, til omili.
Moddiy – bu, muzokaralarda Amerika vakillarining boshqalardan ko‘ra boy va kuchli bo‘lgan mamlakat nomidan gapirishidir.
Mafkuraviy – birinchi omildan kelib chiqib, amerikaliklar o‘zlarining mutloq haq ekaniga amindirlar.
Til omili – xalqaro muzokaralarning aksariyati ingliz tilida olib boriladi.
Muloqotda amerikalik muzokarachi norasmiy aloqalarni afzal ko‘radi, muzokaralar bosqichlarini kuzatishga moyil emas va demokratiya protokoliga qat’iy rioya qilishni rad etishda o‘zini namoyon qiladi. Amerikaliklar juda tezkor ritorikaga qiziqishadi, ular kun tartibidagi masalalarni tezda ko‘rib chiqish va imkon qadar tezroq kelishuvga erishishdan manfaatdor. Muzokaralarda amerikaliklar ommaviy axborot vositalariga hurmat ila tarbiyalangan va yaxshi munosabatda bo‘lishgani uchun, matbuot bilan muloqotga katta e’tibor berishadi.